4-aprel, seşanba (13-kun): Iftorlik vaqti va bolalarni öpiş fazilati haqida hadis
4-aprel, seşanba (13-kun)
Iftorlik vaqti: 18:53 (Toşkent vaqti)
Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir aʼrobiy Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
“Sizlar yoş bolalaringizni öpasizlarmi? Biz öpmaymiz”, dedi.
Şunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
“Alloh qalbingdan rahmatni suğurib olgan bölsa, men nima ham qila olar edim”, dedilar».
📖 Şarh: Demak, jajji bolalarni öpiş kişining qalbida rahmat borligining alomati ekan. Aksinça, yoş bolalarni öpmaslik qalbda rahmatning yöqligi alomati ekan.
Bola boqiş işi maşaqqatli ekani hamda bola doimo mehrga va rahm-şafqatga muhtoj bölgani uçun ham Islomda bolaga rahmli böliş katta savobli iş darajasiga kötarilgan. Har bir ota-ona bu ulkan haqiqatni zinhor unutmasligi darkor.
Uşbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Yoş bolalarni öpiş fazilat ekani;
2. Yoş bolalarni öpiş rahmdillik belgisi ekani;
3. Baʼzi odamlarning qalbidan Alloh taolo rahmatni suğurib olişi;
4. Bolalarni öpmaslik yaxşi emasligi.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈

