16 ta mahalla «Taşabbusli budjet»da şeriklik asosida muddatidan avval ğolib deb topildi

Albom12-mart, 2026, 11:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

16 ta mahalla “Taşabbusli budjet”da şeriklik asosida muddatidan avval ğolib deb topildi

Ötgan yili kiritilgan özgarişlarga köra, “Taşabbusli budjet”da şeriklik tizimiga ruxsat berilgan edi. Bunda loyiha qiymatining 50 foizini mahalla aholisi qoplaşga rozi bölsa, qolgan 50 foizi uçun byudjetdan mablağ ajratilişi kafolatlanadi, heç qanaqa ovoz yiğiş şart bölmaydi.

2026-yilning 1-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 16 ta loyiha şeriklik asosida ğolib deb topildi. Uşbu loyihalarni moliyalaştiriş uçun fuqarolar tomonidan jami 3,3 mlrd söm mablağ yiğildi.

Şeriklik loyihalarining katta qismi Qaşqadaryo viloyatiga töğri kelmoqda: 7 ta mahalla 1 mlrd 800 mln sömdan köproq mablağ yiğib bergan.

16 ta şeriklik loyihasining 13 tasi yölni asfalt qilişga, 3 tasi transformator va simyoğoçlarga töğri kelmoqda.

Şuningdek, ğolib deb topilgan loyihalarning 4 tasi tanaffusga tuşgan edi. Amaldagi tartibga köra, şeriklikni tanlagan mahallalarga tanaffus çeklovi amal qilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek