2 kun oldin taxmin qilganimdek, ertaga eng sönggi öyinda Özbekistonga Niderlandiya raqiblik qiladi!
2 kun oldin taxmin qilganimdek, ertaga eng sönggi öyinda Özbekistonga Niderlandiya raqiblik qiladi!
Dunyoning TOP-10 şaxmatçisi tarkibiga kiruvçi Aniş Giri boşçiligidagi jamoa yigitlarimizga qarşi dona suradi.
Ertaga hammasi öz qölimizda. Ğalaba qozona olsak, çempionlikni naqd qilamiz, çunki qöşimça natijalar böyiça bizga yetadigan birorta jamoa yöq.
Agar durang öynasak, unda ham çempion böliş imkonimiz saqlanib qoladi, lekin Armaniston va Hindiston-2 ning durang yoki mağlubiyatini kutişga majbur bölib qolamiz.
Lekin mabodo durang öynasak, har qanday holatda ham medal naqd böladi.
Yutqaziş haqida esa gapirmoqçi ham emasman. Çunki yigitlarimizga işonaman. Alloh nasib qilsa, ertaga ular kerakli natijani qayd etişadi.
Ertaga nimaiki natija bölişidan qatʼi nazar beşala şaxmatçimiz ham qahramon bölişdi! Barakalla, sizlarga!
👉 @xushnudbek 👈



