Sport

Nodirbek Abdusattorov fantastik ğalaba qozondi

Albom8-avgust, 2022, 20:192 daqiqa0 koʻrish

NODIRBEK ABDUSATTOROV FANTASTIK ĞALABA QOZONDI!!!

Şaxmat olimpiadasining 10-turida Özbekiston terma jamoasi eng asosiy raqibi Hindiston-2 terma jamoasi bilan durang öynadi va turnir peşqadami sifatidagi örnini saqlab qoldi.

Bugun barça yigitlarimiz juda kuçli öynaşdi. Çunki raqib ham haqiqatdan öta kuçli ekan.

Dastlab Jahongir Vohidov öta qiyin vaziyatdan aqlli çiqib keta oldi va durangga erişdi. Söngra Nodirbek Yakubboyev kiçik ustunlikda bölsa ham, raqibi bor kuçini durang qiliş uçun taşladi va buni uddaladi.

3-taxtada Javohir Sindorov ham öta murakkab va qiyin partiyani ötkazdi. Raqibi Pragg bugun juda aniq öynadi, deyarli xatoga yöl qöymadi. Şunday bölsada Javohir oxirigiça mardonavor kuraşdi. Ammo bir piyoda ustunligi oxirida öz sözini aytdi va mağlub böldi.

Javohirning mağlubiyatidan söng hammaning kayfiyati tuşib ketdi. Çunki 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov Gukeş bilan öyinda öta qiyin vaziyatda edi. Hatto bir holatda Gukeş muqarrar motni ham ötkazib yubordi. Nodirbekning durang öynaşiga ham deyarli umid yöq edi, mabodo durang bölsa ham Hindiston-2 ğalaba qozongan bölardi.

Agar biz bugungi öyinda yutqazsak, çempionlik tugul, hatto kuçli uçlikka kirişimiz ham söroq ostida bölardi.

Ammo Nodirbek Abdusattorov taslim bölmadi va 100%lik mağlubiyat holatida möjiza körsatdi!!! Turnirning eng kuçli öyinçisi Gukeş Nodirbekning öziga işonçi va qatʼiyatidan dovdiradi şekilli, birin-ketin xato qila boşladi. Bundan foydalangan Nodirbek ğalabani ilib ketdi!!!

Vaaaaah, eslasam yana xursand bölib ketyapman, Nodirbek fantastik ğalaba qozondi!!!

Şunday qilib, Özbekiston turnirda 1-örinda qoldi. Özbekiston musobaqada mağlubiyatga uçramagan yagona jamoa bölib turibdi.

Endi oxirgi tur qoldi. Bizni çempionlikdan atigi bitta öyin ajratib turibdi!

Ey, Allohim, özing yigitlarimizning omadini bergin!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek