Muhim

2022/2023 öquv yilidan maktablarda yagona maktab formasini töliq joriy etiş talabi bekor qilindi

Matn5-oktabr, 2022, 14:451 daqiqa0 koʻrish

❗️2022/2023 öquv yilidan davlat umumiy örta taʼlim muassasalarida öquvçilarning yagona maktab formasini töliq joriy etiş talabi bekor qilindi.

Bu haqda Hukumatning tegişli qarori (558-son, 03.10.2022 y.) qabul qilindi.

Yagona maktab formasini töliq joriy etişni bekor qiliş haqida ilk marta 27-iyul kuni Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qilgandi. Unda quyidagi muhim gaplar aytilgandi:

Birinçidan, moslaşuv jarayonini hisobga olib yagona maktab formasi 2025-yilgaça bosqiçma-bosqiç joriy etib boriladi.

Yaʼni, 2022-yil sentabr oyidan ota-onalarga yagona maktab formasini xarid qiliş majburiy talab sifatida qöyilmaydi va formani hali xarid qilmagan öquvçilarga nisbatan heç qanday eʼtirozlar bildirilmaydi.

Ikkinçidan, milliy qadriyatlarimizni inobatga olib öquvçi-qizlarimizning maktabga oçiq rangdagi milliy römolni boşning orqa tomonidan öragan holda kelişlariga ruxsat beriladi.

Uçinçidan, öquvçi-qizlarning liboslari, yaʼni yubka va kofta yenglarining uzunligi borasida ham ayrim tuşunmovçiliklar bölmoqda.
Taʼkidlaş joiz, tasdiqlangan ölçamlarda eng minimal uzunlik belgilangan. Yaʼni öquvçi-qizlarning yubka va kofta yenglarining uzunligini uzaytirişga ruxsat beriladi, ammo belgilangan ölçamdan kalta bölişi mumkin emas.

Törtinçidan, maktab formasini tegişli tadbirkorlardan xarid qiliş böyiça maktab maʼmuriyati tomonidan majburlaş holatiga yöl qöyilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek