Maktablarda masofaviy taʼlim tajriba-sinovdan ötkaziladi

Matn4-noyabr, 2022, 15:451 daqiqa0 koʻrish

Maktablarda masofaviy taʼlim tajriba-sinovdan ötkaziladi

Xalq taʼlimi vazirligi 2022-2023 öquv yilining ikkinçi çoragidan boşlab “Online maktab” dasturi böyiça masofaviy taʼlim jarayonlarini tajriba-sinov tariqasida ötkazmoqda.

Unda kimlar iştirok etadi?

Masofaviy taʼlim jarayonida Toşkent şahar maktablarida tahsil olayotgan 60 nafar 7-sinf öquvçilari saralab olinadi.

Tanlov jarayonlari qanday taşkil etiladi?

Öquvçilarni saralaş jarayoni 2022-yil 5-noyabr kuni ötkaziladi. Unda öquvçilarning dastlabki bilim darajasini aniqlaş böyiça boşlanğiç sinov (kiriş testi) ötkaziladi.

Sinov natijalariga köra, masofaviy taʼlim olişga möljallangan har biri 30 nafar, jami 60 nafar öquvçidan iborat, taʼlim özbek va rus tillarida olib boriladigan 2 ta sinf taşkil etiladi.

Masofaviy taʼlim qay tartibda olib boriladi?

“Online maktab” maxsus platformasida umumtaʼlim maktablarining 7-sinflari uçun davlat dasturi doirasidagi barça fanlar böyiça onlayn dars materiallari jamlangan. Platformadagi har bir videodars davomiyligi 9 daqiqagaça davom etadi. Öquv dasturlarini ekranda örganayotgan öquvçilarga har 20 daqiqadan söng tanaffus beriladi.

Öquvçilarni baholaş

Öquvçilarning fanlarni özlaştirib boriş körsatkiçlari test, ijodiy va boşqa turdagi topşiriqlardan olgan 1 dan 5 gaça bölgan ball tizimida olib boriladi. Öquvçilarning baholaş yakunlari sinf jurnallarida qayd etib boriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek