2022-yilda magistraturadagi 12 ming 300 nafar xotin-qizga kontrakt tölab berilgan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzQişki qabulda magistraturaga kirgan qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan töliq tölab beriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buni tasdiqladi.Iqtisodiyot va moliya vazirligi: 2022-yilda magistraturadagi 12 ming 300 nafar xotin-qizga kontrakt tölab berilgan
Vazirlik bayonotiga köra, Prezidentning 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida 2022-yil uçun Davlat budjeti parametrlarida 75,0 mlrd söm mablağ ajratilgan bölib, 2022-2023-öquv yilida davlat OTMlarining magistratura bosqiçiga tölov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan 12 ming 300 nafar xotin-qizlarning 1-öquv yilining yarmi uçun 68,3 mlrd söm mablağ qaytariş şartisiz qoplab berildi.
❗️Öz navbatida, magistratura bosqiçiga yanvar oyida qabul qilingan xotin-qizlarning tölov-kontrakt summalari davlat budjetidan töliq qoplab beriladi.
Maʼlumot uçun: 2023-yil Davlat budjeti parametrlarida uşbu maqsadlar uçun 200,0 mlrd söm nazarda tutilgan.
👉 @xushnudbek 👈


