Rasman

2024-yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nişonlanadi

Matn19-avgust, 2024, 16:391 daqiqa0 koʻrish

2024-yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nişonlanadi

Bu haqda Prezidentning tegişli qarori qabul qilindi. Qarorga köra:

— Imom Termiziyning “Aş-Şamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarining moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan köp jildlik akademik tarjima va şarhi tayyorlanadi hamda naşr etiladi;

— Imom Termiziy hayoti va ilmiy merosining mohiyatini va bugungi kundagi ahamiyatini oçib beruvçi ilmiy-ommabop hujjatli film yaratiladi va sahnalaştirilgan spektakl namoyişi taşkil etiladi;

— Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bağişlangan esdalik suvenirlari muomalaga çiqariladi hamda poçta markalari, taqvimlar, uning hayoti va ilmiy merosini yoritib beruvçi boşqa körgazmali axborot vositalari turkumi yaratiladi;

— 2024-yil oktyabr oyida Toşkent şahrida “Islom – tinçlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz şahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan örni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkaziladi;

— Imom Termiziy ziyoratgohiga olib boruvçi yöl infratuzilmalari yaxşilanadi, jumladan, yodgorlik majmuasi va unga tutaş hududlar obodonlaştiriladi;

— Özbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy taʼlim muassasalari talabalari örtasida “Imom Termiziy asarlari böyiça hadislar bilimdoni” tanlovini ötkaziş va ğoliblarni munosib taqdirlaş tavsiya etildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek