Ramazon

28-fevral, şanba (10-kun): Taom yeyiş odoblari

Matn28-fevral, 2026, 05:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

28-fevral, şanba (10-kun)
Saharlik vaqti: 05:41
Iftorlik vaqti: 18:16 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

TAOM YEYIŞ ODOBLARI

Taomni keragidan ortiqça yemaslik zarur.

Çunki bu narsa eng avvalo isrofdir, qolaversa, köp taom yegan kişi lanj, loqayd, ibodatlarga befarq bölib qoladi, yana köp taom yeyiş oqibatida odam semirib, turli kasalliklarga çalinişi ham mumkin.

Miqdom ibn Maʼdiykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Odam bolasi töldiradigan idişlarning eng yomoni qorindir. Odam bolasiga qaddini tutadigan yemaklar kifoyadir. Agar juda lozim bölsa, taomi uçun uçdan bir, şarobi uçun uçdan bir va nafasi uçun uçdan bir», dedilar».

Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.

Taomni yakka-yakka yemay, jamlanib yemoqda baraka borligini unutmaslik zarur.

«Ustida köp qöl bölgan ovqat Alloh huzurida ovqatlarning sevimlisidir», deganlar Payğambar alayhissalom.

Taom issiq bölsa, uning sovuşini kutib turiş ham taomlaniş odoblaridandir.

Taom issiq yoki juda sovuq holda yeyilmaydi, unga puflanmaydi, hidlab körilmaydi, xörillatib yoki çapillatib isteʼmol qilinmaydi.

Taomni puflamaslik yuksak islomiy odobdandir.

Taom ustida nafas olinmaydi, agar u issiq bölsa, puflab sovutilmaydi. Luqmani olib borayotganda oğiz katta oçilmaydi. Taom yeyilayotgan qöl kosa yoki tovoqqa, dasturxonga silkitilmaydi.

Taomni çetidan yeb boriş odobdandir, örtasidan va ustidan yeyiş beodoblikdir.

Taomni ötirib yeyiş odobdandir, tik turib yoki yurgan holda yeyiş beodoblikdir.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tik turib içişdan qaytardilar. Şunda:
«Yeyiş-çi?» deyildi.
«U yana ham oğirroq», dedilar».

Termiziy va Muslim rivoyat qilganlar.

Yaqinda turgan kişilarni, xodimlarni ham birga ovqatlanişga çorlaş yuksak odob namunasidir.

Dasturxon ustida gaplaşib ötiriş mustahabdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlar şunday qilganlar.

Taomlaniş oxiriga yetganda, hamma birga duo qilib örnidan turişi yuksak odobdir.

Şunda hamma oxirigaça taomlanib, heç kim xijolat bölmay, barça baravar turgan böladi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek