Muhim

2027-yildan fuqarolar mahalliy kengaşlar sessiyalarida kuzatuvçi sifatida qatnaşişi mumkin böladi

Havola17-noyabr, 2026, 18:331 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 51,1 ming

❗️2027-yildan fuqarolar xalq deputatlari mahalliy kengaşlari sessiyalarida kuzatuvçi sifatida qatnaşişi mumkin böladi

Prezident farmoni (PF–247-son, 16.11.2026-y.) bilan Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlarining 2027-yil 1-yanvardan fuqarolarni mahalliy kengaşlar sessiyalariga kuzatuvçi sifatida, sessiya işiga aralaşiş huquqisiz qöyiş haqidagi taklifiga rozilik berildi.

Senatga ikki oy muddatda fuqarolarning mahalliy kengaşlar sessiyasida iştirok etişi tartibini tasdiqlaş tavsiya etildi.

Farmon bilan quyidagi takliflar ham maʼqullandi:

➖ har çorakda kengaş sessiyasining birinçi masalasi sifatida, qoida tariqasida, hokim va uning örinbosarlari iştirokida saylov okruglaridagi muammolar muhokama qilinadi;

➖ mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari öz hisobotlarini belgilangan muddatda kengaşga şaxsan taqdim etadi;

➖ 2028-yilgi mahalliy byudjet xarajatlarining 3–5 foizi hudud toifasiga qarab bevosita deputatlar taşabbuslari asosida yönaltiriladi.

ℹ️ Şuningdek, 2026-yil 1-dekabrdan tuman va şahar kengaşlari hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan ötkaziladi.

👉 @xushnudbek 👈

lex.uzPF-247-сон 16.11.2026. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati kafolatlarini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidalex.uz
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek740 ming obunaçi