2027-yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilmoqda
❗️2027-yilda ham asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilmoqda
Şavkat Mirziyoyev 2027-yilgi Davlat byudjeti va soliq siyosatining ustuvor yönalişlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Unda kelgusi yilda asosiy soliq stavkalarini özgarişsiz saqlaş közda tutilayotgani maʼlum qilindi.
Şuningdek, 2027-yil uçun quyidagi körsatkiçlar prognoz qilinmoqda:
➖ Davlat byudjeti daromadlari — 416 trln söm;
➖ Davlat byudjeti xarajatlari — 464 trln söm;
➖ Iqtisodiy ösiş — 7 foiz;
➖ Inflyatsiya — 6 foizdan oşmasligi;
➖ Yalpi içki mahsulot hajmi — 232 mlrd dollar.
ℹ️ Byudjet daromadlarini oşiriş uçun soliq bazasini kengaytiriş, yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş hamda soliq va bojxona maʼmurçiligini takomillaştiriş rejalaştirilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

