Diplomatiya

Özbekiston va Ömon özaro munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga olib çiqdi

Albom17-noyabr, 2026, 12:512 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 79,9 mingSaytdagi körişlar: 1tahrirlangan

🇺🇿🇴🇲 Özbekiston va Ömon özaro munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga olib çiqdi

Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Masqatdagi muzokaralarda ikki davlat örtasidagi munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötariş böyiça qaror qabul qildi.

Muzokaralarda savdo, investitsiya, energetika, transport, logistika, sanoat va boşqa sohalarda hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Xususan, Özbekiston–Ömon investitsiya kompaniyasi ustav kapitalini ikki barobarga oşirib, 500 mln dollarga yetkaziş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Kelişuvlar ijrosi uçun “yöl xaritasi”ni qabul qiliş va Muvofiqlaştiruvçi kengaş mexanizmini yölga qöyişga kelişildi.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev Ömon Sultonini Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelişga taklif qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek740 ming obunaçi