Muhim

2027-yildan odamlarni çet elga işga yuboriş vazifasi xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziladi

Video2-noyabr, 2026, 14:222 daqiqa2 köriş

❗️ 2027-yildan odamlarni çet elga işga yuboriş vazifasi xususiy sektordagi eng işonçli bandlik agentliklariga töliq ötkaziladi

Yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir kişi uçun agentlikka 1,5 mln sömdan rağbat puli tölanadi.

Yoşlarni kasb va tilga tayyorlaş uçun texnikum binolarining bir qismi bepul ijaraga beriladi. Çet eldan jalb qilingan öqituvçi va ekspertlarga ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilanadi, öquv jarayoni uçun zarur uskuna va jihozlar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Davlat rahbari mutasaddilarga 1 oyda agentliklar faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qaror loyihasini kiritiş, uşbu faoliyatni ijtimoiy xizmat sifatida körib, soliqqa tortişni şunga mos ravişda soddalaştirişga topşiriq berdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek777 ming obunaçi