2027-yilda har bir hududda yagona migratsiya markazi oçiladi
❗️️️️️️️2027-yilda har bir hududda yagona migratsiya markazi oçiladi
🇩🇪 Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro öquv markazida 100 nafar nemis tili öqituvçisini tayyorlaşni boşladi. Kelasi yil boşidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qiliş vazifasi qöyildi.
Viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlariga “Intil” xalqaro öquv markazi tajribasini örganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini oçiş topşirildi. Bu maqsadda har bir viloyatga 8 mlrd sömdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kişini kasb va nemis tiliga örgatib, Germaniyada işga joylaştiriş belgilandi.
Şu maqsadda kelasi yil maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars beriş uçun 500 nafar til egasi jalb qilinadi. Oliy taʼlim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasini kelasi öquv yilidan ikki karra oşiriş topşirildi.
Yiğilişda Germaniyadan joriy yilning özida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tuşgani, ammo atigi 2 ming kişi işga joylaşgani qayd etildi. Asosiy sabab — nemis tilini biladigan kadrlar yetişmasligi. Şu bois, kasbga öqitiş bilan til tayyorgarligini birga olib boriş zarurligi taʼkidlandi.
👉 @xushnudbek 👈


