Akademik litseylarda taʼlim sifati baholandi: har törtinçi öquvçi qöşimça tayyorgarlik kerakligini aytgan
❗️Akademik litseylarda taʼlim sifati baholandi: har törtinçi öquvçi qöşimça tayyorgarlik kerakligini aytgan
Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi xabariga köra, 14 ta hududdagi 73 ta akademik litseyda ötkazilgan umummilliy sörovnomada 24 ming 557 nafar öquvçi va 2 ming 520 nafar pedagog iştirok etdi.
Natijalarga köra, 24 ta asosiy körsatkiçning aksariyati böyiça ijobiy baholar 75–90 foiz oraliğida bölgan. Eng yuqori va eng past natija qayd etgan litseylar örtasidagi farq 45,3 ballni taşkil etgan.
Taʼlim sifati va öquv jarayoni böyiça yetakçi litseylar:
➖ Qarşi davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi — 96,4 ball;
➖ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti akademik litseyi — 93,2 ball;
➖ “International Finance” akademik litseyi — 92,1 ball.
Şu bilan birga, sörovnomada ayrim muammolar ham aniqlangan:
➖ öquvçilarning 41,2 foizi sport infratuzilmasini, 41,4 foizi sinfxona va maişiy şaroitlarni salbiy baholagan;
➖ amaliy va laboratoriya maşğulotlari barça litseylarda ham yetarli darajada taşkil etilmagan;
➖ öquvçilarning 95,5 foizi oliygohga kirişiga işonişini bildirgan, biroq har törtinçisi (25,4 foiz) buning uçun qöşimça tayyorgarlik kerakligini aytgan;
➖ pedagoglarning 25 foizi iş yuklamasini yuqori deb baholagan, 43,9 foizi esa xalqaro malaka oşiriş va stajirovkalar bilan qamrab olinmaganini bildirgan.
Agentlik maʼlumotiga köra, natijalar asosida past körsatkiç qayd etgan litseylar uçun manzilli çoralar belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


