3-aprel, duşanba (12-kun): Salavot aytişning fazilati
3-aprel, duşanba (12-kun)
Saharlik vaqti: 04:43
Iftorlik vaqti: 18:52 (Toşkent vaqti)
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga ön marta salavot aytadi va önta xatosini öçiradi”, dedilar».
📖 Şarh: Avvalgi hadisda salavot aytgan kişining darajasi ön baravar kötarilişi aytilgan edi. Bu hadisda önta gunohi keçirilişi ham aytilmoqda.
Bularning hammasi Robbul olaminning uluğ marhamatidir. Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlarini eşitganimizda, özimiz zikr qilganimizda, kitoblarda öqiganimizda, namozlardan foriğ bölganimizda, duolarimizning oxirida – doimiy ravişda salavot aytib yurişimiz kerak.
Mana şu vaʼdalardan umidvor bölib, tasavvuf ahlining köpçiligi salavotni özlariga vird, vazifa qilib ham olganlar. Bu nihoyatda yaxşi amaldir.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈

