14-kun: Odamlarga rahm qiliş haqida hadis
5-aprel, çorşanba (14-kun)
Saharlik vaqti: 04:40
Iftorlik vaqti: 18:54 (Toşkent vaqti)
Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlarga rahm qilmaydigan kişiga Alloh rahm qilmaydi”, dedilar».
📖 Şarh: Kim odamlarga rahm qilmasa, Alloh taolo ham unga rahm qilmaydi. Bu gap ota-onalarga ham, bolalarga ham taalluqlidir. Şuning uçun musulmonlar doimo bir-birlariga, xususan, oila aʼzolariga nihoyatda rahmdil bölişlari kerak.
Musulmon ota-ona va bolalar bir-birlariga rahm-şafqat körsatiş orqali Alloh taoloning rahmatiga sazovor böladilar. Agar iş teskarisiga aylanib qolsa, Alloh taoloning rahmatidan ayrilib qoladilar.
"Odoblar xazinasi" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈


