400 mln sömlik taʼlim granti: kontraktda öqiyotan talabalar uçun XuşnudbekUz kanali granti eʼlon qilindi
❗️400 mln sömlik taʼlim granti: kontraktda öqiyotan talabalar uçun XuşnudbekUz kanali granti eʼlon qilindi
Bir neça yil avval yaxşi niyatlar bilan MetsenatUz loyihasini boşlagandik. Loyihadan asosiy maqsad taʼlimga investitsiya kiritiş, ehtiyojmand talabalarga ilm olişlari uçun moddiy kömak beriş, jamiyatda metsenatlik (homiylik) madaniyatini şakllantiriş edi. Bugunga qadar loyihamizda 6,5 mlrd sömlik grant va stipendiyalar eʼlon qilindi.
Allohga şukr, mamnuniyat bilan navbatdagi taʼlim grantini eʼlon qilmoqçimiz.
XuşnudbekUz Telegram kanali eʼlon qilgan taʼlim grantida 50 nafar talabaga 8 mln sömdan, jami 400 mln sömlik mablağlar tölab berişni niyat qildik.
ℹ️ Maʼlumot uçun: mazkur taʼlim granti Ibrat farzandlari, UzChess, Mutolaa hamda Ustoz AI loyihalari bilan kelişuv asosida eʼlon qilinmoqda. Men 1 yil davomida uşbu ijtimoiy loyihalarni tarğib qilaman, evaziga esa ular 50 nafar talabaning kontrakti uçun 8 million sömdan tölab berişadi.
Taʼlim granti haqida maʼlumot:
🏢 Qaysi OTMlar uçun: barça davlat, nodavlat, diniy taʼlim muassasalari uçun
📊 Qaysi bosqiç uçun: bakalavriatning barça bosqiçi
📚 Qaysi taʼlim şakli uçun: kunduzgi, sirtqi, keçki va masofaviy
👥 Neça kişiga beriladi: 50 nafar (şundan kamida 5 nafari TDYU talabalari uçun)
💰Taʼlim granti miqdori: har bir kişiga 8 mln sömdan (jami 400 mln söm)
❓Qaysi jihatlarga ustunlik beriladi: özlaştiriş körsatkiçi yuqori, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yetim va çin yetim, nogironligi bor talabalar. Şuningdek, anketa oxirida yoziladigan esse ham juda muhim.
⏳Hujjatlar 31-oktyabr soat 23:59 gaça qabul qilinadi. Şundan söng jamoatçilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali ğoliblar aniqlanadi.
Eslatma: arizalar töliq elektron tizim orqali qabul qilinişi tufayli, mabodo hujjat topşirişda texnik muammo yoki tuşunmovçilik bölsa, mana bu yerda izohlarda yozib qoldirişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 13 Telegram Stars


