MetsenatUz loyihasida eʼlon qilingan «Mustaqillik granti»ning 31 nafar ğolibi töliq aniqlandi

Matn3-noyabr, 2022, 20:012 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzMustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan 31 nafar talabaga 5 mln sömdan, jami 155 mln sömlik taʼlim granti ajratiladi. Arizalar 30-sentabrgaça qabul qilinad…

MetsenatUz loyihasida eʼlon qilingan «Mustaqillik granti»ning 31 nafar ğolibi töliq aniqlandi. Mazkur 31 talabaning har biriga 5 mln sömlik grant miqdori ularning kontrakt tölovlari uçun ötkazib berildi.

31 nafar ğolibning 17 nafari qiz, 14 nafari yigitlar böldi. Biz asosan yetim, çin yetim hamda ehtiyojmand talabalarga grant berganligimiz sababli, ğoliblarning ism-familiyasini eʼlon qilib ötirmaymiz. Ammo ğolib talabalar öqiydigan OTMlar röyxatini berişimiz mumkin:

1. Toşkent davlat yuridik universiteti (10 nafar)
2. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti (2 nafar)
3. Andijon davlat tibbiyot instituti
4. Buxoro davlat tibbiyot instituti
5. Buxoro davlat universiteti
6. Namangan davlat universiteti
7. Nukus davlat pedagogika instituti
8. SamDU Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
9. Termiz davlat universiteti
10. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
11. Toşkent pediatriya tibbiyot instituti
12. Toşkent tibbiyot akademiyasi
13. Toşkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
14. Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti
15. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
16. Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
17. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti
18. Özbekiston milliy universiteti
19. Urganç davlat universiteti
20. Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
21. Qarşi muhandislik—iqtisodiyot instituti

P.S.: bunda alohida taʼkidlaşni istardimki, özim tahsil olgan Toşkent davlat yuridik universitetiga alohida ustuvorlik berilgan va 10 nafar ğolib tanlangan. Çunki menga qolsa hamma bitiruvçilar imkoniyati bölganda özlari öqigan OTMlarga har tomonlama yordam berişlari, homiy-metsenatlik qilişlari kerak. Jahonning eng nufuzli universitetlarining asosiy daromad manbalaridan biri ham aynan bitiruvçilari beradigan mablağlar böladi. Masalan, Stenford universitetida öqigan şaxslar har yili universitetga 1 mlrd dollar atrofida metsenatlik yordami körsatişini aytgandik.

Xullas, şunaqa gaplar. Aytgança, grant uçun ajratilgan barça mablağlar kanalda berilgan reklamalar hisobidan qoplandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek