56,7 balldan kam töplaganlar ham super-kontraktda öqişi mumkinmi?
Manba:Xushnudbek.uz
❓56,7 balldan kam töplaganlar ham super-kontraktda öqişi mumkinmi?
#abituriyent
✅JAVOB: Ha, mumkin.
Buni biz şartli ravişda “super-muper kontrakt” deb nomlaganmiz. 56,7 balldan kam töplaganlar super-kontraktning 2 barobarini tölaşi kerak.
Masalan, abituriyent moliya yönalişiga topşirib, 40 ball töplagan, yaʼni 56,7 balldan kam. Demak, u kamida 182 mln 598 ming söm tölaşi kerak (2 x 91.299.300).
‼️Ayrimlar söramoqda. Masalan, abituriyent 54 ball oldi. Kiriş bali esa 57 ball böldi. Şunda 3 ball yetmagan bölsa, 4 ballik şkala doirasida super-kontrakni kamroq tölaydimi? Yöq va aslo yöq!
56,7 balldan kam töplandimi, tamom, bunaqada ikki karra köproq super-kontrakt tölanadi. Kiriş baliga qança yetmagani ahamiyatsiz.
Yanada osonroq hisoblaş uçun, mana bu yerdagi faylda körsatilgan miqdorlarni 2 ga köpaytirsangiz super-muper kontrakt narxi kelib çiqadi.
*️⃣ Aytgança, 15-oktyabrgaça 100% tölov qilinganda beriladigan 10% lik çegirma super-muperga ham taalluqli.
👉 @xushnudbek 👈

