Super-kontrakt böyiça tuşuntiriş
Super-kontrakt böyiça tuşuntiriş
#abituriyent
Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt böyiça qöşimça tartiblar belgilandi.
Abituriyent özi tanlagan BIRINÇI yönalişga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yöq), unda öz xohişi bilan BIRINÇI tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yönalişga taalluqli emas. Yaʼni beşinçi yönalişga öqişga kirgan abituriyent ikkinçi yoki törtinçi yönalişni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINÇI yönalişga qilişi mumkin.
Şuningdek, tanlagan beşala yönalişiga ham öqişga kira olmagan abituriyentlar istalgan beşta yönalişdan birini tanlab, super-kontraktda öqişiga ruxsat beriladi.
💰Narxi qança “super”ni, ayting?
Super-kontrakt narxlari endi rektorlar tomonidan belgilanadi, şu sababli avvalgi yillardagi kabi yagona jadval çiqmaydi. Masalan, bitta oliygohning iqtisod yönalişi bilan, boşqasidagi iqtisod yönalişi narxlari ham farq qilişi mumkin.
Aniq miqdorlar 25-sentyabrgaça maʼlum böladi. Şu sababli “unga qança ekan, bunga qança ekan” deb söraşdan foyda yöq. Barça oliygohlar öz saytida va Telegram kanalida miqdorlarni eʼlon qiladi. Keyinçalik hamma tasdiqlangan miqdorlar kontrakt.edu.uz saytiga joylanadi va siz onlayn şartnoma olayotganda narxi avtomatik çiqadi.
❓Super-kontrakt uçun taʼlim krediti beriladimi?
Yöq, super-kontrakt uçun taʼlim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy şartlarda oddiy kredit taklif qilişi mumkin.
Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boşlab oddiy kontrakt tölaşga ötadi, şu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

