OTMlar tomonidan super kontrakt miqdorlari eʼlon qilina boşlandi
❗️OTMlar tomonidan super kontrakt miqdorlari eʼlon qilina boşlandi
Avval xabar berilganidek, joriy öquv yilida tabaqalaştirilgan (super) tölov-kontrakt miqdori rektorlar (direktorlar) tomonidan mustaqil belgilanişi amaliyotga joriy etildi.
💰 Bunda qabul çegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uçun tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy tölov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bölmagan miqdorda belgilanadi.
⬇️ Şunga köra, hozirça quyidagi oliygohlarda super kontrakt miqdorlari eʼlon qilindi:
🏛 Andijon davlat texnika institutida — bazaviy tölov-kontraktning 3 baravaridan 4 baravarigaça (yönalişlarga qarab);
🏛 Andijon davlat universitetida — 4 baravardan 6 baravargaça;
🏛 Namangan davlat pedagogika institutida — 3,1 baravardan 6 baravargaça;
🏛 Termiz davlat universitetida — 4 baravardan 10 baravargaça.
ℹ️ Eslatma: 2025/2026-öquv yili qabulida tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida tahsil oliş istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik öqitiş qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (şu kuni ham) tölaşga ruxsat beriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 51 Telegram Stars


