Abituriyentlar şaxsiy kabinetidagi telefon raqamini qanday özgartirişi mumkin
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzRöyxatdan ötişda işlatilgan telefon raqami yöqolgan yoki özgargan bölsa, şaxsiy kabinet orqali yoki Bilimlarni baholaş agentligiga murojaat qilib yangilaş mumk…Töldiriş:
yuqoridagi post telefon raqami kuyib ketgan/özgargan hamda parolini ham esidan çiqarişi ortidan şaxsiy kabinetiga kira olmayotganlar haqida edi. Agar telefon raqami özgargan bölsa-da, lekin şaxsiy kabinetiga paroli orqali kira olayotgan bölsa, unda telefon raqamni özgartirişning boşqa yöli bor.
Agar abituriyent parolini eslay olsa, unda my.uzbmb.uz saytiga kirib, şaxsiy kabinetini oçadi. Va yuqori öng burçakdagi rasmining ustiga bossa, menyu oçiladi. Şu yerda “Telefon raqamini özgartiriş” (https://my.uzbmb.uz/change-phone) sahifasi mavjud. Öşa yerga kirib, yangi telefon raqamini kiritadi. Tasdiqlaş uçun SMS-kodi ham yangi telefon raqamga keladi. Qarabsizki, telefon raqam özgaradi.
Agar şaxsiy kabinetiga kiriş parolini eslay olmayotgan bölsa, unda "OneID orqali kiriş" tugmasi orqali kiriş qilsa ham böladi. OneID tizimi orqali şaxsiy kabinetga kirilganidan söng, yuqorida aytilgan körsatma orqali telefon raqamni yangisiga almaştiriş mumkin.
Agar OneID orqali ham kira olmasa, yoki u yerdagi login-parolini ham eslay olmasa, ana unda uçinçi va eng oxirgi yöl qoladi. Bu — Bilimlarni baholaş agentligi yoki ularning hududiy bölimlariga şaxsan borib uçraşiş.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


