Abituriyentlar töplagan ballarini ötgan yilgi ötiş ballariga mosligini tekşirişlari mumkin

Albom2-avgust, 2025, 21:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Abituriyentlar uçun yangi imkoniyat: joriy yil töplagan ballarining ötgan yilgi ötiş ballariga mosligini tekşiriş mumkin
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytiga yangi funksiya qöşildi. Köpçilik mening balim qaysi yönalişlarga ötadi, deb sörayotgan edi. Buni hozir heç kim bilmaydi, joriy yilgi ötiş ballari faqat mandatdan keyin maʼlum böladi xolos.

Ammo ötgan yilgi ötiş ballari bilan soliştirib, taxminiy möljal oliş mumkin. Endi buni bilişning oson yöli paydo böldi.

mandat.uzbmb.uz saytining Qöşimça sahifasida joriy töplagan ballar böyiça 2024-yilgi ötiş ballarini köriş mumkin.

Bunda abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni kiritiş kerak (ID-kartadagi raqam emas bu, adaştirib qöymang).

Şunda abituriyent haqida maʼlumotlar çiqib keladi. Joriy yil töplagan bali bilan ötgan yili qayerlarga kiriş mumkin bölgani körsatiladi. Çiqqan maʼlumotlarni hudud va yönaliş kesimida filtr qiliş mumkin.

Bu maʼlumotlar abituriyentga qaysi yönalişni tanlaşni hal qilişga yordam beradi.

Yana qaytaraman, joriy yilgi ötiş ballari ötgan yilgidan farq qilişi mumkin. Çiqqan maʼlumotlar şunçaki taxminiy möljal olişga yordam beradi xolos.

Izoh:

🟢 Yaşil rang — kontrakt uçun ball yetadi degani.

🟡 Sariq rang — kontrakt uçun ball yetmaydi degani.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek