Grant taqsimoti uçun ariza beriş muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi
❗️Grant taqsimoti uçun ariza beriş muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-öquv yilida öqişga qabul qilingan talabalar uçun taʼlim grantlarini qayta taqsimlaş böyiça talabgorlarni röyxatdan ötkaziş muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Yaʼni grant taqsimlaş uçun ariza berişga ulgurmay qolganlar 10-avgustgaça hujjatlarini taqdim etişi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.
Talabalar ariza berişda 3 xil grantdan birini tanlaşi kerak:
1️⃣ Töliq va töliq bölmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
2️⃣ Qöşimça davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida “qizil” va “sariq” toifadagi oilalar aʼzolari uçun, GPA 4 dan baland);
3️⃣ OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gaça).
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, şuningdek, sirtqi, keçki va masofaviy şaklda öqiydiganlar ariza yubora olmaydi.
Qöşimça maʼlumotlar:
• Grant taqsimoti böyiça ayrim tuşuntirişlar;
• Grant taqsimlaşda özlaştirişdan köra, tadbirbozlik muhimroqmi?
• Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga 4 yillik grant beriladimi?
• Kontraktdagi magistr qizlar taqsimotdan öta olmay qolsa, byudjetdan kontrakti tölanmaydimi?
• Grantga kirgan magistr qizlar kontraktga tuşib qolsa, davlat tölab beradimi?
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



