IIO xodimlari farzandlari uçun 1 775 ta qöşimça davlat granti kvotasi ajratildi
⚡️KVOTA-2025
#abituriyent
✅ Içki işlar organlari xodimlarining farzandlari uçun qöşimça 5%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
Jami: 1 775 ta (davlat granti asosida)
❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinçi yönaliş uçun amal qiladi. Ikkinçi, uçinçi va h.k. yönalişlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beşta yönaliş tanlay olişadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, öz bali bilan el qatori umumiy kvotada kuraşadi.
❓Bu yerda na OTMlar, na yönalişlar yozilgan, imtiyoz qanday qöllanadi?
Ötgan yillari IIO xodimlari farzandi uçun ajratilgan qöşimça kvotalar oliygohlar kesimida tasdiqlanar edi. Natijada qaysidir oliygohda ötiş bali juda yuqori, qaysidir birida past bölib qolardi. Joriy yilda umumiy kvota eʼlon qilindi.
Imtiyozli kvota OTMlar yoki yönalişlar kesimida emas, taşkilot kesimida berilgan. Bu qanday böladi?
Jami kvota 1 ming 775 ta. Aytaylik, Içki işlar tizimidagi xodimlarning farzandlari uçun jami 6 mingta tavsiyanoma berilgan (bu şunçaki misol, aslida köp yoki kam bölişi mumkin). Ular qaysi OTMni birinçi yönaliş sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir ÖzMUni, kimdir Şarqşunoslikni tanlagan va h.k. Qaysi yönalişlarni tanlagani ham muhim emas.
Xullas, tanlagan oliygohidan qatʼi nazar, Içki işlar tizimidan tavsiyanoma olgan 6 ming nafar xodimlarning farzandlari töplagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 1 ming 775 nafar abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan abituriyent esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.
❓IIO xodimlari farzandlariga ball qöşib beriladimi?
Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi. Ular özlari töplagan ball bilan bellaşadi.
‼️Uşbu imtiyozdan foydalaniş uçun abituriyent kamida 68 ball töplagan bölişi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qöllanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.
👉 @xushnudbek 👈

