Takomillaştirilgan alifbo uçun terilma (klaviatura) yaratildi
⌨️ Takomillaştirilgan alifbo uçun terilma (klaviatura) yaratildi
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti ğoyasi asosida “Tilmoç” platformasi mutaxassislari tomonidan Windows va MacOS tizimlari uçun takomillaştirilgan özbek alifbosiga asoslangan terilma (klaviatura) dasturi işlab çiqildi.
Terilma imkoniyatlari yuqoridagi videoda körsatilgan. Asosiysi, standart inglizça terilmadagi C, W harflari hamda nuqta (.), vergul (,), söroq (?) kabi tiniş belgilari öz joyida qolgan. Bu orqali özbekça terilmani almaştirmasdan, boşqa tillardagi matnlarni ham yoza oliş mumkin.
❗️️BU MUHIM: mazkur terilmadagi harflar joylaşuvi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti bilan birgalikda işlab çiqilganligi sababli Windows va MacOS tizimlarida ham standart terilma sifatida örnatiş böyiça rasmiy muzokaralar olib borilmoqda. Şu sababli hozirdan uşbu joylaşuvga könikişni boşlaganingiz maʼqul.
Yuklab oliş uçun manzil: https://tilmoch.ai/uz/terilmalar
Eslatma: Windows uçun klaviatura dasturi örnatilayotganda tizim ogohlantiriş çiqarişi mumkin. Ayni paytda Microsoft kompaniyasiga sertifikat uçun ariza berilgan va uning qisqa muddatda olinişi kutilmoqda.
📲 Yaqin kunlarda Android va iOS tizimidagi mobil qurilmalar uçun ham qulay klaviatura taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


