Bugundan Qozoğistonga kirişda elektron ruxsatnoma oliş tartibi işga tuşdi

Matn1-noyabr, 2026, 18:001 daqiqa1 köriş

🇰🇿Bugundan Qozoğistonga kirişda elektron ruxsatnoma oliş tartibi işga tuşdi

85 ta davlat, jumladan, Özbekiston fuqarolari 2027-yil 1-iyuldan boşlab Qozoğistonga kiriş uçun ETA (elektron ruxsatnoma) olişlari majburiy böladi.

Yangi qoida vizasiz rejimni bekor qilmaydi, balki safardan oldin rasmiylaştiriladigan qöşimça elektron ruxsatnomadir.

ETA tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda:

👉 2026-yil 1-noyabrdan — Oqtov aeroporti va törtta avtomobil ötkaziş punkti.
👉 2027-yil 1-yanvardan — Ostona va Olmaota aeroportlari.
👉 2027-yil 1-martdan — qolgan ötkaziş punktlari.

16 yoşgaça bölgan bolalar, 65 yoş va undan katta şaxslar, şuningdek, Qozoğiston vizasi yoki yaşaş ruxsatiga ega fuqarolar ETA olişdan ozod etiladi.

ℹ️ Eslatma: ruxsatnoma 180 kun davomida amal qiladi, ammo mamlakatda bölişning vizasiz 30 kunlik muddatini uzaytirmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek777 ming obunaçi