Muhim

Andijonda Qirğizistonga ötuvçi tunnel qaziganlarga hukm öqildi

Video29-aprel, 2025, 10:345 daqiqa0 koʻrish

❗️Andijonda Qirğizistonga ötuvçi tunnel qaziganlarga hukm öqildi

2024-yilning mart oyida Andijon viloyati Xonobod şahri "Alişer Navoiy" MFY hududini Qirğizistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumani Bekobod qişloği bilan boğlovçi yaşirin yerosti tunneli aniqlangan edi.

U orqali tovar-moddiy boyliklarni Özbekistonga olib kiriş va olib çiqiş bilan şuğullanuvçi uyuşgan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgandi.

Olib borilgan tergov jarayonlarida uşbu uyuşgan jinoiy guruhga Qirğiziston fuqarosi rahbarlik qilgani, u tomonidan guruh aʼzolari örtasida vazifalar taqsimlangani aniqlangan. Hozirda unga nisbatan ham alohida jinoyati işi olib borilmoqda.

Jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudi tomonidan Qirğiziston fuqarosi Jinoyat kodeksning 182 va 223-moddalari bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga, 3 nafar Özbekiston fuqarosi esa Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan aybdor deb topilib, ularning har biri 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek