AQŞga Meksika orqali noqonuniy kirgan özbekistonliklar mamlakatga kiritilmaydi va hibsda saqlanadi
AQŞga Meksika orqali noqonuniy kirgan özbekistonliklar mamlakatga kiritilmaydi va immigratsiya işi hal bölguniça hibsda saqlanadi hamda keyinçalik mamlakatdan çiqarib yuboriladi, deb xabar bermoqda Qöşma Ştatlarning Toşkentdagi elçixonasi.
Taʼkidlanişiça, AQŞ çegarasini noqonuniy kesib ötgan şaxslar bu mamlakatga kamida beş yil içida qonuniy ravişda qayta kirişlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila aʼzolari ham viza olişdan mahrum etilişi mumkin
Maʼlumot uçun, sönggi ikki yil içida Özbekistonning 13,6 ming nafar fuqarosi AQŞga Meksika orqali noqonuniy kirişga uringan. Bu boradagi röyxatda 30,8 ming kişi bilan Turkiya va 15,5 ming kişi bilan Mavritaniya yetakçi, Misr va Pokistonni ortda qoldirgan Özbekiston esa uçinçi örinda qayd etilgan.
👉 @xushnudbek 👈

