Diplomatiya

Mayami — Özbekiston: töğridan-töğri reys oçilişi mumkin

Video19-oktabr, 2026, 13:013 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 136 mingtahrirlangan

✈️ Mayami — Özbekiston: töğridan-töğri reys oçilişi mumkin

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Özbekistonning mintaqadagi örni haqida gapirdi. Asosiy tezislar:

🔹 Özbekiston — mintaqaning tayançi. Bu eng aholisi köp davlat. Men bu yerda ilgari bölmaganman, hozirgina keldim, yana keliş niyatim bor.

🔹 Iqtisodiy ösiş haqida. YaIM ösişi deyarli 8 foiz. AQŞ bu tendensiya davom etişini qöllab-quvvatlamoqçi. Rubioning fikriça, yana bir şunday ön yillik bölsa, Özbekiston hozirgidan ham ajoyibroq mamlakatga aylanadi.

🔹 Turizm. Rubio Özbekistonga kelayotgan sayyohlar soni uni hayratda qoldirganini, unga bu raqam syurpriz bölganini aytdi.

🔹 200 ta Amerika kompaniyasi. Delegatsiya tarkibida biznes vakillari ham bor. Forum yakunida aniq bitimlar eʼlon qilinişi kutilyapti. Rubio buni şunday izohladi: “Bu oxiri emas, bu boşlanişi.”

🔹 Markaziy Osiyoga eʼtibor. Rubio sönggi 20 yilda Vaşington mintaqaga munosib eʼtibor qaratmaganini tan oldi. Uning sözlariga köra, endi vaziyat özgaryapti va C5+1 uçraşuvining Özbekistonda ötkazilayotgani ham şuning belgisi.

Video özbekça subtitr bilan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek