Fikr

Bemaʼni loyihalar örniga yuzlab yangi Prezident maktablarini qursak böladi

Matn27-iyul, 2023, 19:072 daqiqa0 koʻrish

Bemaʼni loyihalar örniga yuzlab yangi Prezident maktablarini qursak böladi

Bu haqda iqtisodçi Behzod Hoşimov özining Telegram kanalida fikr bildirdi. Postni sizga ham töliq havola qilaman:

“Prezident maktablari haqidagi diskussiyadan yagona qiladigan xulosam — maktablar sonini bir-ikki yilda kamida ön barobarga oşiriş kerak ekan. Ön yilda esa qabul kvotasini yuz barobarga oşiriş kerak.

Bu narsa qimmatmi? Ha, qimmat. Lekin davlat pul ketkazayotgan boşqa joylardan iqtisod qilaylik.

Bir Prezident maktabini quriş — 40 milliard söm atrofida ekan. Bu taxminan 3.5 million dollar. Bizdek kambağal mamlakat uçun katta pulmi — albatta. Lekin soliştiriş uçun Toşkent şahridagi bir dona Hyatt mehmonxonasi uçun davlat 200 million dollardan köp xarajat qilgan edi (yer uçun xarajatlar hisobga olinmagan). Bu 70 ta yangi Prezident maktabi narxi. Xuddi şunday, yaqinda moliyaviy muammolarga uçragan Toşkent metallurgiya zavodini qurişga 400-500 million dollar ketgan. Prezident maktablari soniga çaqsak raqamlar tuşunarli. Bunday zarar keltiruvçi yuzlab sanoat va qişloq xöjaligi korxonalari mavjud. Ayrimlari, hozirgi keltirilgan misollar kabi — buxgalterlik darajasida manfiy foyda keltiradi, ayrimlari esa, masalan avtosanoat kabi, musbat raqamlarga çiqiş uçun yana bir neça yuz million dollarga isteʼmolçilarga zarar keltiradi.

Lekin umuman olganda hammasi byudjetimiz va iqtisodiyotimiz uçun teşik. Şuning uçun, boşqa xarajatlarimizga qarasak, yuzlab yangi Prezident maktablarini qursak bölar ekan. Notöğri iqtisodiy siyosatdan pulni tejasak bas.

Men Prezident maktablarini misol keltirişimni sababi — bugungi kunda ularga kiriş köp mulohazalarga sababi bölmoqda. Aslini olsa, Özbekistonga minglab oddiy maktablar ham kerak, aksar maktablar kapital remont talabida — bu haqida köp va xöb gapirildi.

Men aytmoqçi bölganim, hatto Prezident maktablari darajasidagi “yaxşi” yuzlab maktablar qursak bölar edi, bemaʼni loyihalarda byudjet va aholini pulini isrof qilmasak”.

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek