Tushuntirish

Talabalar stipendiyasi böyiça ayrim tuşuntirişlar

Matn6-sentabr, 2023, 21:092 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2023/24-öquv yili uçun stipendiyali kontrakt miqdorini hisoblaş tartibi, soliq imtiyozi va taʼlim krediti olişdagi afzalliklari haqida maʼlumot.

Talabalar stipendiyasi böyiça ayrim tuşuntirişlar

Yangi öquv yili boşlangani munosabati bilan barça talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya böyiça quyidagi qoidalarni bilib qöyişsa zarar qilmaydi:

1️⃣ Davlat grantida öqiydiganlar uçun:

👉 umumiy qoidaga köra, davlat grantida öqiydiganlarning barçasi bazaviy 517 ming 880 söm stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida öqiydigan talaba semestr yakunida barça fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting körsatkiçi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oşirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 söm miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida öqiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting körsatkiçi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya tölanmaydi.

👉 agar davlat grantida öqiydigan talaba barça fanlarni töliq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan köproğida 3 baho olmagan bölsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 söm tayinlanadi.

2️⃣ Tölov-kontrakt asosida öqiydiganlar böyiça:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt tölagan bölsa, unda har oy özlaştiriş körsatkiçidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 söm stipendiya oladi, agar stipendiyasiz tölagan bölsa, unda olmaydi;

👉 agar tölov-kontraktda öqiyotgan talaba semestrda barça fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagiça stipendiya oladi:

➖ kontraktni stipendiyali tölaganlar — 621 ming 456 söm (517 880 + 103 576);

➖ kontraktni stipendiyasiz tölaganlar — 103 ming 576 söm (517 800 sömdan 20%).

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda öqiyotgan talabalar ham barça fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rağbatlantiriş jamğarmasi hisobidan 103 ming 576 söm stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda öqiyotganlarniki esa 20%ga köp, yaʼni 621 ming 456 söm tayinlanadi;

👉 tölov-kontraktni stipendiyali tölagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopişidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 söm stipendiya beriladi.

3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olişi:

➖ avvalgi öquv semestri yakuni böyiça fanlardan özlaştiriş körsatkiçlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bölgan özlaştirayotgan (fanlardan qarzi bölmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 söm (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va tölanadi.

➖ avvalgi öquv semestri yakuni böyiça fanlardan özlaştiriş körsatkiçlaridan qatʼi nazar töliq davlat taʼminotida bölgan özlaştirayotgan (fanlardan qarzi bölmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sirasiga kiruvçi talabalarga Talabalarni rağbatlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 söm (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va tölanadi.

Barça javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek