Boş konsulxona Turkiyadagi soxta iş takliflari böyiça fuqarolarni ogohlantirdi
‼️ Boş konsulxona Turkiyadagi soxta iş takliflari böyiça fuqarolarni ogohlantirdi
Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi maʼlum qilişiça, ayrim şaxslar Özbekiston fuqarolariga yuqori maoşli iş, qulay uy-joy va rasmiy hujjatlarni vaʼda qilib, ularni aldaş holatlari köpaymoqda. Firibgarlik, asosan, taniş-bilişlar orqali taklif etilayotgan işlar orqali amalga oşirilmoqda.
⚠️ Şunday holatlarga duç kelgan fuqarolar:
— vaʼda qilingan iş haqi örniga kamroq mablağ olmoqda yoki umuman ololmayapti;
— oğir va nomaqbul şaroitlarda işlaşga majbur bölmoqda;
— huquqiy asoslarsiz mehnat faoliyati sabab deportatsiya yoki jarimalarga duç kelmoqda;
— vositaçi şaxslar esa fuqaroni aldab, mablağni özlaştirgaç, izsiz yöqolmoqda.
Uşbu holatlarning rasmiy hujjatlar asosida rasmiylaştirilmaganligi sababli, firibgar şaxslarga nisbatan çora köriş deyarli imkonsiz bölmoqda.
✅ Iş izlaşda fuqarolarga faqat quyidagi manbalarga murojaat qiliş tavsiya etiladi:
— Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi;
— Litsenziyaga ega rasmiy işga joylaştiriş agentliklari.
Noqonuniy iş takliflariga işonmang, nomaʼlum şaxslarga pul bermang, mehnat şartlari va ruxsat hujjatlari böyiça rasmiy hujjatlar mavjudligini talab qiling.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


