Janubiy Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq navbatdagi firibgarlik holatlari aniqlandi

Matn5-iyul, 2026, 12:251 daqiqa0 koʻrish

🇰🇷 Janubiy Koreyaga işga yuboriş bilan boğliq navbatdagi firibgarlik holatlari aniqlandi

Boş prokuratura huzuridagi departament xabariga köra, Toşkent viloyatida ötkazilgan tekşiruvda fuqaro M.A. 2 kişini Koreyaga yuborişini aytib, 12 ming AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.

Şuningdek, Quvasoy şahrida fuqaro D.R. bir kişini Koreyadagi oliy taʼlim muassasasiga öqişga kiritiş va viza olib berişni vaʼda qilib, 11 ming dollar olgani maʼlum bölgan.

Paxtaobod tumanida esa fuqaro X.M. 2 kişining 🇨🇦 Kanada va Koreyaga ketişi uçun hujjatlarini tayyorlab beriş evaziga 4 945 dollarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek