DXX: Janubiy Koreya va AQŞga noqonuniy yuborişni vaʼda qilgan şaxslar uşlandi
❗️DXX: Janubiy Koreya va AQŞga noqonuniy yuborişni vaʼda qilgan şaxslar uşlandi
➖ Toşkentda ikki nafar şaxs fuqarolarni “G-1” vizasi orqali Janubiy Koreyaga işga yuboriş va keyinçalik doimiy yaşaş hujjatini tayyorlab beriş evaziga 55 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. Ular oldindan 25 ming dollar olayotgan vaqtida uşlangan;
➖ Namangan viloyatida yaşovçi, avval firibgarlik jinoyati bilan sudlangan fuqaro esa boşqa bir şaxsni Özbekiston — Turkiya — Ispaniya — Meksika — AQŞ yönalişi orqali noqonuniy yuborişni vaʼda qilib, 50 ming dollar söragan. U 20 ming dollar olayotganida qölga olingan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

