Bugun iş kuni töliq böladi, qisqartirilgan emas!
Bugun iş kuni töliq böladi, qisqartirilgan emas!
Ayrim manbalar bugun xodimlar 1 soat oldin uyga ketişga qonuniy haqqi borligini yozişibdi. Bu notöğri.
Bugun töliq iş kuni böladi, qisqartirilgan emas. Sababi Mehnat kodeksining 187-moddasida işlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik işning (smenaning) davomiyligi barça xodimlar uçun kamida bir soatga qisqartiriladi, deb belgilangan. "Arafasi" deganda qaçon nazarda tutilganiga şu moddaning ikkinçi bandida izoh berilgan: "bayramdan oldingi kuni".
✅ Xulosa:
iş vaqti 1 soatga qisqarişi uçun iş kunining ertasi kunida işlanmaydigan bayram kuni bölişi kerak. Odatiy yoki qöşimça berilgan dam oliş kunlari hisob emas.
Ertaga — 31-avgust. Heç qanaqa bayram kuni emas.
Bizda Mustaqillik bayrami rasman 1-sentyabrga belgilangan. Demak, şundan bir kun avval, yaʼni faqat 31-avgust kunida iş vaqti 1 soatga qisqartirilişi mumkin xolos. 30-avgustda iş vaqti qisqartirilmaydi.
ℹ️ Maʼlumot uçun: ertaga — şanba kuni, 5 kunliklar uçun odatiy dam oliş, 6 kunliklar uçun esa qöşimça dam oliş kuni. Yaʼni barça xodimlarga (navbatçilikda turadiganlar, smenali yoki vaxta rejimida işlaydiganlardan taşqari) rasman dam oliş kuni. Ammo ertaga rasmiy bayram kuni bölmagani uçun bugun töliq işlanadi.
👉 @xushnudbek 👈


