Bugun Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni

Foto11-noyabr, 2023, 18:342 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni

2020-yil 23-noyabrdagi qonunga köra, 11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni etib belgilangan.

Kasaba uyuşmalarining barça aʼzolarini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, faoliyatingizga rivoj tilab qolaman.

Xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini taʼminlaş va manfaatlarini himoyalaşda kasaba uyuşmalarining hissasi katta.

Ilgari kasaba uyuşmalari nima qilişi haqida tasavvurim bölmasdi. Lekin taqdir taqozosi bilan kasaba uyuşmalarida 5 yil faoliyat olib borib, tizimning içiga kirib tuşundimki, xodimlarga kasaba uyuşmalarining biz öylagandan köra foydasi köproq. Faqat biz aysbergning suvdan tepaga çiqib turgan kiçik bir qismini köramiz xolos, aslida közga körinmaydigan katta qismi suv ostida, közdan panada böladi.

Kasaba uyuşmalari men uçun katta hayotiy maktab vazifasini ötagan. Tizimda odamlarning dardini eşitiş, ularni his qiliş, boşiga taşviş tuşgan insonlarga yordam qölini çözişni örganasiz. Özim 5 yil içida xodimlar huquqlarini himoya qilib 100 lab sudlarda bevosita va bilvosita qatnaşganman, qaysi biridadir yutganmiz, qaysilaridadir yutqazganmiz. Yutganda quvonç köz yoşlari, yutqazganda alam his qilganmiz, öz ustimizda yanada puxta işlaşga harakat qilganmiz.

Barçasi uçun kasaba uyuşmalaridan juda minnatdorman.

Raqamlar keltirsam: 2023-yil davomida kasaba uyuşmalari tomonidan 156 ming 108 nafar fuqaroga va 65 055 ta oilaga qariyb 144 mlrd sömlik ijtimoiy kömak körsatilgan, huquqi buzilgan 8,5 ming nafar xodimning foydasiga 26 mlrd 114 mln söm kompensatsiya hamda öz vaqtida tölanmagan 151 mlrd söm iş haqlari undirib berilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek