Bugun Şavkat Mirziyoyev kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan uçraşdi
Bugun Şavkat Mirziyoyev kasaba uyuşmalari faollari va faxriylari bilan uçraşdi.
Uçraşuvda eʼlon qilingan asosiy maʼlumotlar:
🔹 Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilingan, ularning foydasiga 267 mlrd söm undirib berilgan.
Şuningdek, işdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 mlrd söm tovon puli tölab berilgan.
Bundan taşqari, nohaq böşatilgan 13 ming xodim işga tiklangan;
🔹 Kelgusi yildan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga oid qonunçilik hujjatlari loyihasini işlab çiqişga Ijtimoiy-mehnat masalalari böyiça uç tomonlama respublika komissiyasini (Kasaba uyuşmalari federatsiyasi, Bandlik vazirligi, Iş beruvçilar konfederatsiyasi) ham jalb qiliş taklif qilindi;
🔹 Kasaba uyuşmalari endilikda platformalarda faoliyat yuritayotgan özini özi band qilgan fuqarolarning mehnat huquqlarini ham himoya qiladi. Bu böyiça hukumatga taklif kiritiş topşirildi.
🔹 Uy-joy va yaşaş şaroitini yaxşilaşga, tibbiy, psixologik, huquqiy yordamga muhtoj, tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollar ham “Ayollar daftari” orqali qöllab-quvvatlanadi;
🔹 Baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga çaliniş holatlari haqidagi maʼlumotlarni olişning yagona tizimi işga tuşiriladi;
🔹 Har bir hududda “Kasaba uyuşmalari boğlari” taşkil etiladi.
Viloyat hokimlariga kasaba uyuşmalari bilan maslahatlaşib, boğlar uçun joy ajratiş topşirildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


