Buxoroda yangi aeroport quriş uçun 226 mln dollar sarflanadi
Buxoroda yangi aeroport quriş uçun 226 mln dollar sarflanadi
Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yuzasidan videoselektor yiğilişida viloyat turizm salohiyatini rivojlantiriş masalasiga eʼtibor qaratdi.
Davlat rahbari Buxoroga xorijdan 5 million turist kelişiga hozirlik körilayotganiga qaramay, viloyatdagi 30 ta tarixiy yodgorlikka eʼtibor sustligi uçun ularga sayyohlar bormayotganini tanqid qildi.
Şu munosabat bilan Imom al-Buxoriy, Abbos Aliyev va Muxtor Aşrafiy obidalariga tutaş hududlar, dehqon bozori va ming yillik tarixga ega Buxoro darvozasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, istirohat boği va sunʼiy kölni jozibador turizm majmuasiga aylantiriş muhimligi taʼkidlandi.
Şuningdek, Buxoro aeroporti sayyohlar oqimini ikki baravarga oşiriş rejasi uçun kiçiklik qilayotgani bois, keça Buxoro tumanida hozirgidan 3 baravar köp quvvatga ega 226 million dollarlik yangi xalqaro aeroport qurilişiga start berilgani aytildi.
👉 @xushnudbek 👈



