Şavkat Mirziyoyev yangi xalqaro aeroport loyihasiga tamal toşini qöydi

Albom15-oktabr, 2025, 22:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev Örta Çirçiq va Quyi Çirçiq tumanlaridagi 1 ming 300 gektar maydonda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport loyihasiga tamal toşini qöydi.

🇸🇦Saudiya Arabistonining “Vision Invest”, 🇯🇵Yaponiyaning “Sojitz” va 🇰🇷Koreyaning “Inçeon” kompaniyalari iştirokidagi xalqaro konsorsium bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan loyiha 4 bosqiçdan iborat bölib, birinçi bosqiçda 2,5 milliard dollar evaziga aerovokzal hamda aerodrom quriladi. Bu bilan terminallar orqali yiliga 20 million nafar yölovçi va 129 ming tonna yuk ötkaziş, soatiga 30 ta uçiş-qöniş operatsiyalarini bajariş, 14 ta teleskopik traplardan foydalaniş hamda bir vaqtning özida 62 ta havo kemasini saqlaş imkoniyati yaratiladi.

Terminallarda 46 ming kvadrat metrlik “Duty free” zonasi taşkil etiladi.

Uşbu hudud Toşkent – Samarqand, Toşkent – Andijon, Toşkent – Böstonliq pullik avtomobil yöllariga ulanadi. Bu yerda zamonaviy temir yöl stansiyasi qurilib, tezyurar poyezd qatnovi yölga qöyiladi. Poytaxt va Yangi Toşkent markazlari şattl transport xizmatlari orqali boğlanadi.

Eng asosiysi, bu loyiha mamlakatimizga 27 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 106 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek