Buxoroda yangi xalqaro aeroport, quyoş elektr stansiyasi va gaz-kimyo majmuasi qurilişiga start berildi
Buxoroda yangi xalqaro aeroport, quyoş elektr stansiyasi va gaz-kimyo majmuasi qurilişiga start berildi
— Keça, 31-may kuni davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga taşrifi Bahouddin Naqşband maqbarasini ziyorat qilişdan boşlandi;
— şundan söng, “Qoraköl” erkin iqtisodiy zonasida işga tuşgan birinçi zavod – umumiy qiymati 58 million dollar bölgan, metall quvurlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Enpipe” korxonasi faoliyati bilan tanişdi;
— Şavkat Mirziyoev, şuningdek, Buxoro viloyatida işlab çiqarilgan sanoat mahsulotlari körgazmasi bilan tanişdi. Investorlar va tarmoq rahbarlari yangi loyihalarni taqdimot qildi;
— körgazmadan söng, uçta yirik loyiha – “Qoraköl” erkin iqtisodiy zonasida polimer mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan gaz-kimyo majmuasi, Olot tumanida 250 megavatt quvvatga ega quyoş elektr stansiyasi hamda Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilişiga start berildi;
— söngra, Prezident Qoraköl tumanida jamoatçilik vakillari bilan suhbatlaşdi;
— davlat rahbari taşrifning keyingi qismida Qoraköl tumanida “Yangi Özbekiston” massivini borib kördi;
— Prezident Qoraköl tumanida yangi loyiha asosida taʼmirlangan avtomobil yölini közdan keçirdi va avtomobil yöllarini quriş böyiça namunaviy loyihalar bilan tanişdi.
👉 @xushnudbek 👈

