Tezkor

Çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan taʼlim yönalişlari röyxati tasdiqlandi

Foto4-iyul, 2023, 14:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⚡️Çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan taʼlim yönalişlari röyxati tasdiqlandi
#abituriyent

Joriy yilda jami 8 ta OTMda 83 ta yönalişda çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon olinadi.

‼️ESLATMA: uşbu yönalişlar uçun hujjatlar qabuli 10-iyulga qadar (şu kuni ham) davom etadi. Boşqa yönalişlarda qabul 20-iyulgaça davom etadi.

Şuningdek, çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topşiriladigan yönalişlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegişli taʼlim yönalişlari doirasida beştagaça taʼlim yönalişlarini tanlaş imkoniyati beriladi. Boşqa OTMlardagi yönalişlarni tanlab bölmaydi (çunki ularda çet tilidan test böladi, bularda esa kasbiy (ijodiy) imtihon).

Bunda, çet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topşiradigan abituriyentlarga çet tili fanidan test sinovlari topşiriladigan taʼlim yönalişlarni tanlaşga yöl qöyilmaydi.

Yuqoridagi taʼlim yönalişlariga kiriş uçun çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholaş mezonlari asosida ötkaziladi.

Çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topşirgan abituriyentlarga OTMlarga kiriş test sinovlarida çet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalaştirilgan (proporsional) ball beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek