Muhim

Maqsadli qabul kvotasi-2023: yetim bolalar uçun 1 903 ta qöşimça kvota ajratildi

Albom4-iyul, 2023, 14:122 daqiqa0 koʻrish

⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

✅ Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari uçun

Respublika böyiça jami 1 ming 903 ta qöşimça kvota ajratildi.

▪️Taʼlim şakllari kesimida:

➖ kunduzgi — 1 272 ta;
➖ sirtqi — 491 ta;
➖ keçki — 112 ta;
➖ masofaviy — 28 ta.

❓Uşbu kvota kimlar uçun taalluqli?

• Mehribonlik uyi va Bolalar şaharçasining bitiruvçilari bölgan çin yetimlar;
• SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvçilari;
• 25 yoşgaça bölgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoşga tölmagan).

❗️ESLATMA: uşbu imtiyozli kvotalar tanlangan beşta yönalişga ham ötadi. Oddiy holatda faqat birinçi yönalişga taalluqli bölar edi, ammo ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun istisno sifatida beşalasiga ham ötişi belgilangan.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi şaklida ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar uçun 24 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, şu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topşirgan. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank işi va h.k.

Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 100 nafar abituriyentlar orasida eng köp ball töplagan 24 nafar abituriyent davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 76 nafar ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Bu toifadagilarga ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek