Tushuntirish

Davlat grantida öqiyotgan talabalar yana qayta öqişga qayta topşirsa, kontrakt böladimi?

Foto11-iyul, 2024, 18:022 daqiqa0 koʻrish

❓Davlat grantida öqiyotgan talabalar yana qayta öqişga qayta topşirsa, kontrakt böladimi?
#abituriyent

❗️JAVOB: Ayrim abituriyentlarning şaxsiy kabinetida quyidagiça yozuv paydo bölgan:

Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uçun tanlovda iştirok eta olmaysiz.

Şu böyiça izoh bermoqçiman. Prezidentning 25-maydagi farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga köra:

ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi, şuningdek, oliy taʼlimning tegişli bosqiçiga davlat granti asosida öqişga qabul qilingan talabaga ikkinçi marta taʼlimning uşbu bosqiçi uçun davlat granti ajratilmaydi.

Farmonning mazkur bandidagi ikkinçi va undan keyingi oliy taʼlim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Taʼlim töğrisida”gi qonunda ham bor edi. Yaʼni ikkinçi mutaxassislik doim tölov-kontrakt asosida böladi, unga davlat granti ajratilmaydi.

Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bölib turganlarga taalluqli edi. Yaʼni endilikda oliy taʼlimning tegişli bosqiçiga davlat granti asosida öqişga qabul qilingan talabaga ikkinçi marta taʼlimning uşbu bosqiçi uçun davlat granti ajratilmaydi.

❓Bu nima degani?

Eng avvalo, bu yerda töliq kontraktda öqiş haqida gap ketmayotganini taʼkidlaş kerak. Faqat talaba grantda öqigan bosqiçi uçungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqiçga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topşirsa, u 1-bosqiçda albatta kontraktda öqiydi, lekin özlaştirişi yuqori bölsa, 2-bosqiçdan davlat grantiga ötişi mumkin.

Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida öqib, keyin fikri özgarib, boşqa yönalişga qayta topşirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda öqişga majbur böladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga ötişi mumkin.

❗️Xulosa: Fikrimça, bu töğri qaror bölgan. Çunki gap davlat byudjetidan sarflanadigan mablağ haqida ketayotgan ekan, unda fikrini özgartirgan talaba uçun davlat qayta-qayta xarajat qilmasligi kerak. Boz ustiga u birinçi öqişini yarmidan taşlab ketgani hisobiga davlat sarflagan mablağiga kuyib qolişi ham adolatdan bölmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek