Sport

Özbekiston hamda Niderlandiya terma jamoalari örtasidagi hal qiluvçi bahsga start berildi

Foto9-avgust, 2022, 09:301 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston hamda Niderlandiya terma jamoalari örtasidagi hal qiluvçi bahsga start berildi.

Barça özbekistonliklar va dunyodagi yana millionlab şaxmat muxlislari yigitlarimizni qöllab-quvvatlab, muxlislik qilişmoqda.

Duo qilib turinglar, ğalaba biz tomonda bölsin, ilohim.

Öyinni mana bu sahifa orqali onlayn kuzatib borişingiz mumkin.

Qiziq faktlar:

— Nodirbek Abdusattorov Aniş Giri bilan joriy yil fevral oyidagi Airthings Masters turnirida durang öynagandi. Ötgan yilgi FIDE Jahon kubogida esa 4 ta öyinda 3:1 hisobida Aniş Girini mağlub etgandi.

— Nodirbek Yakubboyev hamda uning raqibi Yorden Van Forest turnirda töliq 10 ta partiya öynab, hali biror marta mağlub bölmagan 6 nafar şaxmatçilar safida bor. Yaʼni ikkalasi ham 10 ta öyinda umuman yutqazmadi.

— Javohir Sindorov va uning raqibi Benjamin Bok turnirda bir xil natija körsatgan: 9 imkoniyatdan 6 oçko. Teng kuçli raqiblar.

— Jahongir Vohidovga ham köz tegmasin, hali biror marta mağlub bölmadi. 7 imkoniyatdan 5,5 oçko.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek