Fikr

Davom etamiz, yana bir longrid (uzun post)

Matn28-aprel, 2023, 18:463 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzNurbek Alimovning jamoat hojatxonalari yetişmasligi, maktablardagi ahvol va şaxsiy gigiyena madaniyati haqidagi mulohazalari eʼlon qilindi.

Davom etamiz, yana bir longrid (uzun post)

Aziza Qurbonova ham ança oldin şu mavzuda yaxşi post yozgan edi. Öqing va xulosa qiling:

«Xizmat safarlari va oilaviy bordi-keldilar taqozosi bilan respublika böylab köp sayohat qilişga töğri keladi. Meni taʼbimni köp xira qiladigan, har safar jiğibiyronimni çiqaradigan narsa – magistral yöllarda, jamoat joylarida va hatto işxonalarda hojatxonalar kamligi, bölsa ham oyoq bosişga joy topilmasligi. Kirganingdan keyin kiyim-boşingga ötirib qoladigan hidni ketişi uçun yana 5-10 daqiqa toza havoda turişga töğri keladi.

"Qamçiq" dovonining Toşkentga qaytiş yölida juda çiroyli masjid qurilgan. Har kuni ön minglab yölovçilar ötadi. Tabiiyki, ayollar masjid tahoratxonasiga kirişga istihola qilişadi. Masjid çap tomonida yaqin yillarda qurilgan (avval yöq edi) hojatxonaga öğlim va özim uçun 2 ming söm töladim (izoh — uşbu post 2021-yili yozilgan). Hojatxonaga qadar pullik bölişini köpçilik yoqtirmaydi. Ammo men töliq qöllab-quvvatlayman, agar u şunga yaraşa OZODA, ISSIQ-SOVUQ suvi, şaroiti bölsa! Xullas, öşa tualetga kirib çiqdim-u jonim çiqdi: mendan pul olgan amakining oldiga qaytib bordim. “Pullik xizmat körsatilyaptimi, şunga yaraşa sal-pal tozalab turilsa bölmaydimi?! Közlarim açişib ketdi axir!”

Amakiyam “odamlarning özi iflos qilib taşlaydi” deb diydiyosini boşlab, “man bitta özim nimayam qila olaman” deb tugatdi. Odamlarimizga uyidan boşqa hamma joyni “musorit” qiliş odatiy hol ekanini men ham bilaman va tualet biznesidagilarga oson tutmayman. Ammo jamoat hojatxonasidan daromad topiş böyiça iş boşladimi, içki turizmni rivojlantiriş (2018-yilda tualet quradiganlarga imtiyozlar berilişi haqida SMSlar yuborilganda ayrimlar rosa mayna qilgandi, aslida zahar tang qilganda, heç kuladigan joyi yöq!) böyiça çiqqan hujjatga köra, imtiyozlarga ega bölyaptimi, marhamat qilib vazifasini bajarib qöysin.

Dovon yöllarida bitta tuzuk hojatxona uçramasligi (zapravkadagi sal tuzukroq) haqida köproq post yozsak, balki köngli nozik vodiy voliylari ança savobli va foydali iş — zamonaviy hojatxonalar quriş, mavjudlarini taʼmirlaş, heç bölmasa ozodaligini saqlaş böyiça jiddiy öylab körişar?

Samarqand yölida (hali töliq yöl deyişga ança bor) ham risoladagidek tualetlar kam. Har holda to Sirdaryo viloyati böylab Jizzaxga yetgunça şunday.

Yaqin 10 yildan beri faol viloyatlararo kezayotgan bölsam, tan olaman, ança özgariş bor. Benzin/gaz zapravkalari oldida pullik bölsa ham hojatxonalar köpaydi. Lekin oxirgi paytda sifatli hojatxona, uzr, madaniyroq tilda yozsak, sifatli sanitariya-gigiyena şoxobçalarini köpaytiriş yoki yaxşilaş taşabbusi kamaydi. 2 yil avval qurilganlari eskiryapti, pul topayotgan bölsa ham yana “eski tos, eski tualet” holiga tuşmoqda.

Menku yöllardagi jamoat tualetlarini aytyapman. Hali tuppa tuzuk işxonalardagi, ayniqsa davlat idoralaridagi hojatxonalar ahvolini yozmadim. Hududlardagi, poytaxtdagi taşkilotlarga hatto, iş bilan borsang va tualetga yöling tuşsa, rahbarini “öziyam şu yerga kirarmikin” deb içingda kamida yanib ötasan.

Makarenko bir yozgandi: “idorasidagi tualetiga qarab rahbarning qandayligini bilsang böladi” deb. Biror joyga rahbar bölgan odam öz kabinetini yasatiş-taʼmirlaşdan avval xodimlar foydalanadigan tualetni tartibga keltirib qöysa edi, mansabdan ketsa ham odamlar uzoq yillar “baraka topsin” deb eslaşardi.

Xonadonlardagi tualet mavzusi esa kitob böladi, agar yozsa. Ayniqsa, hojatxona quriş işiga jiddiy qaramaydigan, hovlisining bir çekkasiga har yeridan şamol guvillaydigan tualetlarni qöqqaytirib, omonat qurib qöyib, bitta hammomni ham eplab qilib bermay, keyin yana “nega köp kasal bölaverasan, nega sariq kasal bölaveradi, doim sistit, doim qiz tuğadi” deb ahli ayollarini, bolalarini malomat qilaveradigan oila boşliqlari uçun ham bir kun alohida post yozarman».

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek