Tushuntirish

Özbekistonda qança aholi kavlama körinişidagi hojatxonalardan foydalanadi?

Foto28-aprel, 2023, 19:312 daqiqa0 koʻrish

❓Özbekistonda qança aholi kavlama körinişidagi hojatxonalardan foydalanadi?

Prognozlaştiriş va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) hisob-kitoblariga köra, Özbekistonda aholining 41 foizi çuqur kavlama körinişidagi hojatxonalardan foydalanadi, qişloqlarda bu körsatkiç 50 foizdan yuqori. Uy xöjaliklarining faqat 16 foizigina markazlaşgan oqova tizimga ulangan, şaharda bu körsatkiç 27 foizni, qişloq joylarida 2 foizni taşkil etmoqda.

Yaʼni boşqaça aytganda, qişloqlarda 98% xonadonda markazlaşgan oqova tizimi yöq.

Sifatli sanitariya şaroitlariga ega bölmaslik inson salomatligiga salbiy taʼsir qiladi, bolalar orasida maktabda davomatning pasayişiga olib keladi va natijada taʼlim oliş sifati ham pasayadi.

❓Nima qiliş kerak?

Aholi orasida sanitariya-gigiyena mavzusidagi taşviqot işlari sezilarli natija bermaydi. Taşviqot moliyaviy yordam bilan taʼminlangan taqdirda sezilarli natija beradi.

Xususan, Bangladeşda ötkazilgan tadqiqotda kutilganidek taşviqotning yakka özi va texnik kömak bilan kombinatsiyasi ham heç qanday samara bermagan. Ammo taşviqot va vauçerli subsidiya birgalikda uy xöjaliklari orasida hojatxonalar bilan taʼminlaniş darajasining 22 foiz punktga ösişiga olib kelgan.

PMTI mutaxassislari birinçi qadam sifatida, uşbu çora-tadbirlarni maktablarda boşlaş va barça sanitariya talablariga javob bermaydigan maktab hojatxonalarini taʼmirlaş❗️ maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

Şuningdek, kelgusida byudjet yoki nobyudjet mablağlari taqsimotida iştirok etadigan barça böğinlar, xususan, taşabbusli byudjet dasturi doirasida aholi, korporativ ijtimoiy masʼuliyat doirasida xususiy biznes, mahalliy kengaşlar, hokimliklar, maktab rahbarlari, xayriya jamoat fondlari vakillari va köngillilar tomonidan uşbu masalaning ahamiyati eʼtibor markazida bölişi ham amaliy natija beradi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek