Muhim

«Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan ötkazilmagan

Matn6-yanvar, 2023, 13:052 daqiqa0 koʻrish

​«Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan ötkazilmagan

Avval xabar berilganidek, Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boşqarmasi tomonidan «Quramax Medikal» MÇJ hamda «Dori vositalarini standartlaştiriş ilmiy markazi» MÇJ masʼul şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taʼkidlaş lozimki, Hindistonda işlab çiqarilgan «Dok-1 MAKS» va «Ambronol» dori vositalarining nojöya taʼsiri oqibatida, hozirga qadar «ötkir buyrak yetişmovçiligi» taşxisi bilan davolangan bemor bolalar hayotdan köz yumgan.

«Quramax Medikal» MÇJ tomonidan mamlakatimizga import qilingan uşbu preparatlar «Dori vositalarini standartlaştiriş ilmiy markazi» MÇJ tomonidan laboratoriya sinovlaridan ötkazilgan hamda ularga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, «Dori vositalarini standartlaştiriş ilmiy markazi» MÇJ masʼul xodimlari tomonidan meyoriy-huquqiy hujjat talablari qöpol ravişda buzilib, uşbu dori vositalari belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan ötkazilmaganligi natijasida, sifatsiz preparatlarning sotuvga çiqarilişiga yöl qöyilgan.

Jinoyat işi doirasida «Quramax Medikal» MÇJning 2 nafar rahbar xodimlari hamda «Dori vositalarini standartlaştiriş ilmiy markazi» MÇJning 2 nafar masʼul xodimlari gumonlanuvçi şaxslar sifatida DXX Tergov hibsxonasiga tegişli tartibda joylaştirilgan.

Körilgan çora-tadbirlar natijasida «Quramax Medikal» MÇJ tomonidan Hindistondan Özbekistonga import qilinayotgan dori vositalarining bojxona nazoratidan ötkazilişi töxtatildi hamda mamlakatimiz dorixonalaridagi bunday preparatlar yiğib olindi. Hozirda bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.

«Quramax Medikal» MÇJga tegişli dori vositalarini Özbekistonda belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilganligi hamda soğliqni saqlaş tizimidagi mutasaddi xodimlarning uşbu holat böyiça amalga oşirgan harakatlarini tekşiriş yuzasidan zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek