Toşkentda 4,5 mlrd sömlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati:
➖ Toşkentda 76 yoşli fuqaro va uning öğlining Olmazor tumanidagi yaşaş manzili közdan keçirilganda, xonadon yertölasida umumiy qiymati 1 mlrd sömdan ortiqni taşkil etuvçi “Trenaksa”, “Sumamigren”, “Femileks” kabi jami 72 nomdagi 3 ming 615 quti dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida aniqlanişiça, ota-bolalar mamlakatimizga noqonuniy olib kelingan bunday dori vositalarini muntazam ravişda vodiy viloyatlaridan arzon narxda xarid qilib, poytaxtdagi mijozlarga sotiş bilan şuğullangan.
***
➖ Yana bir holatda Toşkentdagi dorixonalardan birida sotiş uçun saqlab kelinayotgan, şubha uyğotuvçi 456 turdagi 57 ming 407 dona dori vositalari, 18 turdagi 835 dona dori vositalarining yasama böş qutilari hamda 1 dona dori tayyorlaş moslamasi mavjudligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olindi.
Mutaxassislarning xulosasiga köra, dori vositalarning umumiy qiymati 3,5 mlrd sömni taşkil qiladi.
Ikkala holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



